Talonchilik rejasiga asosan...
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida ushbu jinoyatni 19 yoshli T.A., 22 yoshli R.D., B.I. va 23 yoshli A.Q.,lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlangan.
Tergov davomida aniqlanishicha, joriy yilning 13 mart kuni yuqoridagi shaxslar, mazkur jinoyatni sodir qilish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirishib, telefon apparatini ochiq-ochiq talon-toroj qilish bo‘yicha reja tuzib, R.D.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasini davlat raqam belgisini yechib olishib, jinoiy rejaga asosan avtomashinani B.I. shoxobcha oldiga boshqarib borib, T.A. avtomashina old o‘rindig‘idan tushib, E.Sh.,ga o‘zini mijoz sifatida ko‘rsatib, uning qo‘lidagi narxi 1.700.000 so‘mlik “Redmi-7” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanliklari maʼlum bo‘lgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti