22 Oktyabr 2022 yil 414

Talonchilar qoʻlga olindi

Uchkoʻprik tumani.2022-yilning 19-oktabr kuni soat 21:30 larda M.Sh., jinoiy sheriklari A.K., S.S M.J., A.R hamda S.Q Dona qishlogʻida fuqarolar Sh.J., T.S., hamda S.M.lar bilan oʻzaro gap talashib janjalashib, fuqaro T.S.ning narxi 1.500.000 soʻmlik "Samsung A-02" rusumli uyali telefon apparati, Sh.J.ning narxi 4.000.000 soʻmlik “Redmi” rusumli uyali telefon apparati va 3.700.000 soʻm pullari hamda S.M.ning narxi 2.300.000 soʻmlik "Samsung Note-9A" rusumli uyali telefon apparatini olishib, ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ular protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech