17 Mart 2023 yil 310

Taʻlim sifatini oshirish maqsadida IIV Farg'ona akademik liseyi hamda Temurbeklar maktabi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yildi

Ichki ishlar vazirligi Farg'ona akademik liseyi rahbariyati va o'qituvchilaridan iborat jamoa Farg'ona shahrida joylashgan Mudofaa Vazirligiga qarashli Temurbeklar maktabiga tashrif buyurdilar.

Harbiy taʻlimdagi ilg'or tajribalarni o'rganish va o'zaro tajriba almashish maqsadida amalga oshirilgan sayohat davomida Temurbeklar maktabining moddiy texnik taʻminoti, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quvchilarni oliy taʻlim muassasalarga tayyorlash bo'yicha tashkil etilgan qo'shimcha darslar, o'quvchilarni toifalariga ko'ra ajratish va biriktirish, ota-onalar bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari kabi yo'nalishlar o'rganildi.

Shuningdek akademik lisey o'qituvchilari hamkasblarining dars mashg'ulotlarida bevosita qatnashib, dars tahlillarini o'tkazdilar.

Amaliy tashrif davomida IIV Farg'ona akademik liseyi hamda Farg'ona Temurbeklar maktabi o'rtasidagi aloqalarni yanada yaxshilash, kelgusida o'quvchilar ishtirokida o'rtoqlik sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o'yinlarini tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech