23 Yanvar 2023 yil 357

Talabaning telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Qoʻqon shahar. Darhon koʻchasida joylashgan talabalar turargohida yashovchi M.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 07-dekabr kuni noma’lum shaxs yashash xonasida turgan “Samsung Galaxy S10”rusumli narxi 250 AQSH dollarlik telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻrilab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech