7 Sentyabr 2022 yil 401

Tadbirkorlikni bahona qilib 7.500 AQSH dollar pullarni qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar.Fuqaro K.M IIBga murojaat qilib, unda 11-oktabr kuni 2020-yilning yanvar oyida noma’lum shaxs A.Yassaviy koʻchasida ishonchiga kirib, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi va foydani teng taqsimlashini aytib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻilanish uchun 7.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati birinchi mintaqaviy xudud PPX otryadi 3-guruh xodimlari va Fargʻona viloyati IIB JXX JTSB PPX bataloni xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.F sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech