22 Mart 2022 yil 1271

Soʻx tumanida IIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Soʻx tumani. 2022-yilning 17-mart kuni tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari M.Gʻ va T.I.lar YPX inspektori G.M. bilan birga Rovon MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida haydovchi N.S boshqaruvidagi "Neхia-3" rusumli avtomashina IIB xodimlari tomonidan toʻxtatilganda, haydovchi N.S mast holda profilaktika inspektorlari T.I va M.Gʻ.ni haqorat qilib ulardan biriga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech