7 Noyabr 2025 yil
835
Qo‘shtepa tumanida sport zali faoliyati o‘rganildi
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Qo‘shtepa tumani IIB boshlig‘i tomonidan Qo‘shtepa tumani Qorakaltak mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Shaftolibog‘ ko‘chasida joylashgan “Alfir” nomli sport zali faoliyati o‘rganildi.
Tadbir doirasida sport zal egasi, sport ustasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, faoliyat jarayonidagi mavjud muammo va takliflar o‘rganildi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarni baholash hamda tadbirkorlik faoliyatida qonuniylikni ta’minlashdan iboratdir.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati