27 Oktyabr 2022 yil 449

“Spark” rusumli avtomashinasida oʻtirgan shaxsni yonida “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Qoʻqon shahar.15-oktabr kuni shahar IIB xodimlari tomonidan “Charxiy koʻprigi” mahalla hududidagi joylashgan oshxona yonida turgan “Spark” rusumli avtomashinada oʻtirgan X.M.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish davomida X.M qoʻlidagi narsani yerga tashlab yuborgan.X.M yerga tashlab yuborgan narsani xolislar ishtirokida yerdan olib koʻrilganida, “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech