Soʼx tumanida xonadondan pul va tilla-taqinchoqlarni oʼgʼirlagan ayol aniqlandi
Soʼx tumani. 2022 yilning 05 yanvar kuni Chumoqcha MFY hududida yashovchi fuqaro K.K IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 29 dekabr kunidan 2022 yilning 04 yanvar kunigacha boʼlgan vaqt oraligʼida nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan turmush oʼrtogʼiga tegishli 200 АQSh dollar, 8.000 Rossiya rubli, 2.000.000 soʼm pullari, narxi 550.000 soʼmlik bir dona tilla uzuk, 700.000 soʼmlik bir juft tilla sirgʼa hamda qiziga tegishli 3.176.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Soʼx tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati