Soʼx tumanida telefon va pullarni oʼgʼirlagan shaxs aniqlandi
Soʼx tumani. Fuqaro N.Sh IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 23 fevralь kunidan 24 fevral kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Rovon qishlogʼida joylashgan savdo doʼkoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʼkondan narxi 3.100.000 soʼmlik “Redmi Note 11 Pro”, 1.500.000 soʼmlik “Redmi Note 95” rusumli uyali telefon apparatlari va 7.000.000 soʼm pullarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Soʼx tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan B.А sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati