Soʻx tumanida ayolning plastik karta hisobidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Soʻx tumani. 14-sentabr kuni R.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 21-avgust kuni noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta hisob raqamiga ruxsatsiz kirib, kartadagi 1.414.000 soʻm pullarini yashirin ravishda yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Soʻx tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati