Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari 3 nafar qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan I.E.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan K.J.ni qoʻlga olishdi.
Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati