15 Iyul 2022 yil
465
Fargʻona viloyati IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari hamkorlikda qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad va Milliy Gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining
184-moddasi 3-qismida (soliq va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.I.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati