Fargʻona viloyati IIB xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga oldi
Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.Yo ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan B.Yu.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati