30 Mart 2023 yil 351

Soʻritokda saqlanayotgan ogʻu aniqlandi

Margʻilon shahar. 20 mart kuni shahar IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar davomida, Baxrin mahalla hududida yashovchi J.T.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni hovlisidagi soʻritokda marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech