20 Iyun 2025 yil 1469

Farg‘ona viloyati IIBda boshqarma sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi

O‘quv seminarida IIV mas’ul xodimlari tomonidan Prezident farmonida belgilangan Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatni o‘tash masalalarini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning majburiyatlari va huquqlari, Qurolli Kuchlar tizimida xizmat o‘tash, ichki xizmat, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yangidan qabul qilingan qo‘shma qaror asosida saf nizomiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, rag‘batlantirish va intizomiy choralarni qo‘llash tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, xizmat intizomi va qonunchilik talablari, harbiy yig‘inlarni tashkil etish, harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari hamda harbiy lavozimlarga tayinlash, lavozimdan ozod etish, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish yoki iste’foga chiqarish tartibi haqida ham ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga to‘liq rioya etishlari, korrupsiya holatlariga murosasiz munosabatda bo‘lishlari, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyatiga rioya etish, xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tark etmaslik va o‘zgalar avtomashinasini boshqarmaslik kabi masalalar bo‘yicha tegishli yo‘riqnomaviy tavsiyalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech