SOHA MALIKALARIGA EHTIROM KOʻRSATILDI
Fargʻona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida viloyat ichki ishlar organlari tizimida ishlayotgan xotin-qizlar uchun ehtirom bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda sohaviy xizmatlarda faoliyat koʻrsatayotgan shahodatlangan va erkin yollangan xodimalar, ichki ishlar organlari faxriy ayollari, IIV Fargʻona Akademik litseyida yoshlarga ta’lim-tarbiya berayotgan oʻqituvchi va murabbiylar shuningdek, xizmat vazifasini bajarish paytida xalok boʻlgan xodimlari yaqinlari ishtirok etdilar.
Tadbirni boshqarma boshligʻi, polkovnik Muhiddin Joʻrayev ochib, soha malikalarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan soʻng Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan taqdirlangan fidoyi xodimalarga turli darajadagi mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan IIV Faxriylar kengashi hamda Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan bir guruh ustozlar, tizimda na’munali xizmat qilayotgan Barchinoy izdoshlari tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlandi.
Ehtirom tadbiri fargʻonalik san’at namoyondalarining onalarni, bahor faslini tarannum etuvchi diltortar kuy va qoʻshiqlari bilan yanada fayzli tus oldi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati