Dalada qarovsiz qoldirilgan qoramol oʻgʻirlab ketildi.
Fargʻona tumani. Joriy yilning 19-aprel kuni tuman IIB ga kelib tushgan xabarga koʻra noma’lum shaxs Fargʻona tumani, Novkent MFY da yashovchi Gʻ.A ga tegishli qarovsiz qoldirgan, narxi 18 million soʻmlik ikki bosh qoramollarini shu hududdagi fermer xoʻjaligi dala maydonidan yashirin ravishda oʻgʻirlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Margʻilon shaharda yashovchi N.T sodir etganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchi A.Gʻ ga tegishli boʻlgan bir bosh qoramol ashyoviy dalil tariqasida olinib, gumonlanuvchi N.T protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati