Shu kunga qadar Farg'ona viloyatida 22 760 nafar fuqarolarga ID-kartalar o'z vaqtida rasmiylashtirib berildi
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6065-son Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ID-kartalar rasmiylashtirish ishlari viloyatimizda jadal sur'atlarda olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o'tgan davrida viloyat bo'yicha jami 22 760 nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartalar rasmiylashtirib berilgan.
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga fuqarolar tomonidan qilinayotgan har bir murojaat belgilangan tartibda ko'rib chiqilib, Qo'qon shahrida 1.907 nafar, Farg'ona shahri 1.654 nafar, Marg'ilon shahrida 1.406 nafar, Quvasoy shahrida 511 nafar, Oltiariq tumanida 1.540 nafar, O'zbekiston tumanida 1.470 nafar, Uchko'prik tumanida 1.466 nafar, Buvayda tumanida 1.403 nafar, Quva tumanida 1.400 nafar, Bag'dod tumanida 1.393 nafar, Beshariq tumanida 1.323 nafar, Dang'ara tumanida 1.225 nafar, Rishton tumanida 1.214 nafar, Farg'ona tumanida 1.045 nafar, Qo'shtepa tumanida 987 nafar, Toshloq tumanida 817 nafar, Furqat tumanida 747 nafar, So'x tumanida 688 nafar, Yozyovon tumanida 558 nafar fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni, identifikatsiya ID-kartalari o'z vaqtida rasmiylashtirib berildi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati