Shifoxonadan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani.Fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-mart kuni noma’lum shaxs Uchkoʻprik mahalla hududida joylashgan tuman markaziy shifoxonasi yotoqxonasidan 1.500.000 soʻmlik “Redmi-6” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Yo sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati