Shaxsiy tarkib bilan ishlovchi mas’ul xodimlar 10-sonli tergov hibsxonasida boʻldilar
Shaxsiy tarkib bilan bevosita ishlashga mas’ul boʻlgan xodimlar oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz boʻlish hissini shakllantirish, xizmat mavqyeini suiste’mol qilishlarining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda.
Olib borilayotgan profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyatining topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida shaxsiy tarkib bilan ishlashga bevosita mas’ul boʻlgan xodimlarning jazoni ijro etish muassasalariga tashrifi rejalashtirilgan edi.
Kuni kecha Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan ana shunday tadbir tashkil etildi.
Shahar-tuman IIB kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektori va shaxsiy tarkib bilan ishlashga mas’ul boʻlgan xodimlar Fargʻona shahrida joylashgan 10-sonli tergov hibsxonasida boʻlib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Hibsxona faoliyatini koʻzdan kechirish hamda oʻtkazilgan muloqotlar jarayoni qonun ustuvorligi, jinoyatga jazo muqarar ekanligini, korrupsiya va boshqa salbiy illatlarning oqibati pushaymonlik va afsus-nadomat bilan yakun topishi haqidagi azaliy tushunchalarni yana bir bor yodga soldi.
Tadbir soha xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish barobarida, ularni ogohlik va hushyorlikka chaqirganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.