5 Fevral 2022 yil 833

Margʻilon shahrida “Moskvich” rusumli avtomashina haydovchisi piyodani urib yubordi

Margʻilon shahri. 03-fevral kuni fuqaro S.A boshqaruvida boʻlgan “Moskvich” rusumli avtomashinasini A.Navoiy koʻchasida boshqarib ketayotib qatnov qismini piyoda kesib oʻtayotgan M.A.ni urib yuborishi oqibatida M.A tan jarohati olib, shifoxоnada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar!

Yoʻl harakati qoidalariga amal qiling. Yoʻl qoidasi umr foydasi ekanligini esdan chiqarmang. Qoidabuzarlik ayanchli yakun topishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech