18 Noyabr 2022 yil 435

Shahar-tumanlarda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilishlar oʻtkazilmoqda

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi» talablari hamda IIVning tegishli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbir Fargʻona hamda Oltiariq tuman ichki ishlar boʻlimlari xodimlari ishtirokida oʻtkazildi.

Tadbirda soha xodimlari oʻrtasida tarbiyaviy-profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, xizmat samaradorligini oshirish, korrupsiya omillarining oldini olish, «Xodimbay» ishlash tizimini amaliyotga kengroq joriy etish kabi yoʻnalishlarda atroflicha soʻz yuritildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish xususida ham zarur taklif va tavsiyalar oʻrtaga tashlandi.

Shu mavzuni oʻz ichiga olgan «Nadomat» nomli videofilm namoyishi esa soha xodimlarini yanada sergaklik va ogoh boʻlishga chorlaydi.

Tadbirlar reja asosida joylarda davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech