25 Avgust 2025 yil 459

Uchko‘prik tumanida profilaktik tadbirlar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

2025 yilning avgust oyida Uchqo‘prik tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan Uchko‘prik tumani maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 26-maktabda muhim seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda tuman hududidagi 56 ta umumta’lim maktabi direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, hamda hamkor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida "Dolzarb 90 kunlik profilaktik tadbir" doirasidagi vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalarining tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar keng muhokama qilindi.

Tadbirda ishtirokchilar “Bizning maktab – jinoyat va giyohvandlikdan xoli hudud” shiori ostida yangi o‘quv yiliga, ya’ni Bilimlar kuniga tayyorgarlik ko‘rish, yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuvlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech