8 Noyabr 2025 yil
661
Furqat tumani IIB boshlig‘i sayyor qabul o‘tkazdi
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyat bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish, ularning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida Furqat tumani IIB boshlig‘i tomonidan Navbaxor mfy binosida qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 5 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Ulardan 3 tasi joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 2 ta murojaat bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga alohida vazifalar yuklatildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati