Savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan telefon oʻgʻirlandi
Qoʻqon shahar.I.F ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 09-avgust kuni oraligʻida noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksida savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung A31” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati