11 Aprel 2023 yil 348

Savdo do‘konidan pul o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona shahar. Ismoilova ko‘chasida yashovchi fuqaro И.Р IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 25 mart kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida joylashgan oziq-ovqat savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda bo‘lgan 700.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Р.Х sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borimoqda.

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech