23 Sentyabr 2022 yil
580
Savdo doʻkonidan kiyim-kechaklarni oʻgʻirlatgan ayol IIBga murojaat qildi
Oʻzbekiston tumani.Fuqaro S.N IIBga murojaat qilib, unda 13-aprel kuni noma’lum shaxs Ibn.Sino koʻchasida joylashgan savdo doʻkonida qarovsiz qoldirgan narxi 1.500.000 soʻmlik ayollar kiyim-kechaklarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni F.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati