30 Dekabr 2022 yil 374

Savdo doʻkonidan 20.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Rishton tumani. A.A IIBga murojaat qilib, unda 16-dekabr kunidan 17-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Uchariqmahalla hududida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, savdo doʻkoni kassasida boʻlgan 20.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.A va R.T.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech