12 Avgust 2022 yil 477

Fargʻona shahrida savdo doʻkonida qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

Fargʻona shahar.Fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, unda oʻgʻli voyaga yetmagan A.X.ning 2022-yilning 25-iyul kuni noma’lum shaxs Frunze mavzesidagi savdo doʻkoni oldidagi suv xavzasini kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qolgan narxi 1.500.000 soʻmlik “Samsung A-12” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech