28 Oktyabr 2022 yil 340

Sartaroshxonaga kelgan fuqaroning velosipedini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar.A.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 28-sentabr kuni noma’lum shaxs Madaniyat mahalla hududida joylashgan sartaroshxonasini kirish eshigi oldida qarovsiz qolgan narxi 1.400.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni P.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech