28 Fevral 2020 yil 538

Samarqand shahrida sportning “Sambo va jangovar sambo” turlari boʼyicha Respublika chempionatida Fargʼona viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining 2 nafar xodimi 1-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.

Joriy yilining 13-16 fevral kunlari Samarqandda oʼtkazilgan mazkur musobaqa chin maʼnoda fargʼonalik IIO xodimlarining jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini yuqori ekanligini yana bir bor isbotladi. Fargʼona viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari kichik serjantlar Lutfilla Saydamatov hamda Sanʼatbek Ismonovlar musobaqada birinchilikni qoʼlga kiritdilar.
Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Fargʼona akademik litseyida boʼlib oʼtgan uchrashuvda, sportchilar yoshlar bilan musobaqa va undagi jarayonlar xususida suxbatlashdilar. Yoshlarga ular erishgan muvaffaqiyatlar ibrat sifatida koʼrsatildi.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech