12 Aprel 2023 yil 211

Uchko‘prik tumanida “Damas” avtomashina salonidan 5.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan erkak aniqlandi

Uchko‘prik тумани.Fuqaro S.I IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 28 mart kuni nomaʼlum shaxs, Begobod mahalla hududida yashovchi S.I.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasidan jami 5.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Х.К sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech