Fargʻona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida Fargʻona va Margʻilon shaharlarida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktik ishlar yuzasidan oʻquv-amaliy tadbir oʻtkazildi
Avval xabar qilganimizdek, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, polkovnik I.Tillayev hamda polkovnik M.Sattarovlar tomonidan Dangʻara, Buvayda va Uchkoʻprik tumanlarida ana shunday uchrashuvlar oʻtkazilgan edi.
Fargʻona va Margʻilon shaharlarida oʻtgan tadbirlara ham Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonada olib borgan oʻrganishlari yakuni boʻyicha berilgan ijrosi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bunda e’tibor qaratish zarur boʻlgan jihatlar hodimlarga yetkazildi. Ta’kidlanganidek, jinoyatlarni profilaktika qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda bir qator qilinishi zarur boʻlgan vazifalar turibdi. Har bir hodim oʻziga yuklatilgan vazifani ichiga kirib, tahlil qilib, toʻgʻri yechim izlamas ekan, ijobiy natijaga erisha olmaydi.
Tadbir davomida tergov amaliyoti samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlanib, bajarilgan ishlar tahlil qilindi.
Jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda “Oilabay”, “Mahallabay” usulda ish olib borish, bosqichma-bosqich sariq va qizil hududlar sonini kamaytirib, jinoyatlardan holi mahallalar sonini koʻpaytirishda ijobiy tajribalar bilan oʻrtoqlashildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlariga murosasiz munosabatda boʻlish, fuqarolarning huquq va erkinliklarni ishonchli himoya qilishda har bir xodim mas’uliyatli boʻlishi kerakligi qayd etildi.
Tadbirda shuningdek, “Ye” material dasturiy ta’minotidan kelib tushgan har bir xabar va hodisalar asosida tergovga qadar tekshiruvni yurtish tartib qoidalari tushuntirilib, tergovga qadar tekshiruvni yuritishda viloyatda yagona amaliyotni joriy qilish maqsadida protsessual hujjat namunalari ishlab chiqilganligi, ushbu protsessual hujjatlarning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.