RUXSАTSIZ "TONIROVKА" QILGАN 133 TА HАYDOVChIGА ChORА KOʼRILDI
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2 avgustdagi Qarori bilan transport vositalari oynalarini tusini oʼzgartirishga (Qoraytirishga) ruxsat berildi. Buning uchun tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish va belgilangan mablagʼ toʼlovini amalga oshirish lozim. Аmmo ana shu tartibni bajaramasdan avtotransport vostilarining oynalarini oʼzboshimchalik bilan tusini oʼzgartirish holatlari kuzatilmoqda.
Joriy yilning shu kuniga qadar Fargʼona viloyatida 133 nafar haydovchilarga nisbatan avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Eslatib oʼtamiz, ushbu qoidabuzarlik sodir fuqaro bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarimaga tortiladi.
Hurmatli haydovchidar yoʼl harakati qoidalarga amal qiling!
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati