16 Aprel 2022 yil 484

Rishtonda “Gashish” giyohvandlik vositasi saqlab yurgan shaxs fosh etildi

Rishton tumani. 09-aprel kuni viloyat va tuman IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Uchariq MFY hududida joylashgan choyxonalarning birida fuqaro Ya.X. ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-modda 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech