23 Dekabr 2021 yil
467
Rishton va Oʻzbekiston tuman IIB MvaFRB xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishdi
22-dekabr kuni Rishton tumani IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan B.S.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tumani IIB MvaFRB va Milliy Gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.D.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati