Rishton tumanida “zahri qotil” saqlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani. 2023-yil 03-fevral kuni IIB TEQKG va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida, Zoxidon mahalla hududida yashovchi A.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda yotoqxonasidan 2 dona koʻknori boshogʻi hamda xojatxona devori orasida kuritilgan “koʻknori samoni” hamda “Marixuanna” giyohvand moddasiga oʻxshash moddani qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati