20 Yanvar 2023 yil 559

Rishton tumanida yonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. 2023-yil 10-yanvar kuni Rishton tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Uyrat mahalla hududida harakatlanib ketayotgan S.S.ni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, kurtkasi oʻng choʻntagida “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: