5 Fevral 2022 yil 377

Rishton tumanida yashash xonadonida “marixuana” saqlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. 2022-yilning 27-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Zoxidon MFY hududida yashovchi S.I.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yertoʻlasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech