Rishton tumanida xonadonida “gashish” saqlayotgan shaxs fosh boʻldi
Rishton tumani.2022-yilning 09-mart kuni Rishton tumani IIB JQB, TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Navbahor MFY hududida yashovchi D.N.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 108,30 gramm “marixuanna” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati