Rishton tumanida xonadondan pul va telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Rishton tumani. Qozi Axror mahalla hududida yashovchi fuqaro I.D IIBga murojaat qilib, unda 07-dekabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik “Samsung A-33” rusumli telefon apparati va 1.400.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.Z sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati