Rishton tumanida xonadondan “marixuana” giyohvandlik moddasi topildi
Rishton tumani.2022-yilning 19-noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Nosgar mahalla hududida yashovchi Q.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasi va molxonasida marixuana giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati