8 Noyabr 2021 yil 386

Rishton tumanida xonadondan gaz balonlarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. 5-noyabr kuni Rishton tumani, Tadbirkorlar koʻchasida yashovchi R.S IIB ga murojaat qilib, unda 4-noyabr kunidan 5-noyabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, omborxonasidan umumiy narhi 900.000 soʻmlik gaz balonlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur xolat yuzasidan Rishton Tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.O. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech