10 Noyabr 2022 yil 389

Rishton tumanida xonadondan 1.100 AQSH dollari va 4000 rubl pullarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Rishton tumani. Toshogʻalik mahallasida yashovchi E.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil sentabr oyidan 01-noyabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida boʻlgan 1.100 AQSH dollari va 4000 rubl pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.D ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech