Rishton tumanida voyaga yetmagan shaxs pul va telefon apparati oʻgʻirladi
Rishton tumani. Uch ariq mahalla hududida yashovchi V.J IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 07 fevral kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi tokchada turgan 270 AQSh dollarilik “Iphone X” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodiasa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan S.K sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati