Rishton tumanida velosiped oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Rishton tumani. Fuqaro X.B IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 12 dekabr kuni nomaʼlum shaxs M.Topvoldiyev koʻchasida joylashgan savdo doʻkoni oldida qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yo.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati