29 Sentyabr 2021 yil 448

Rishton tumanida uy egasining yonidan “zahri qotil” topildi

Rishton tumani. 20-sentabr kuni tuman IIB TEQKG va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Roshidoniy MFY hududida yashovchi M.M.ning yashash xonadonida uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, egnidagi shimining orqa choʻntagidan 3 dona boʻlaklarga boʻlingan “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech