1 Oktyabr 2021 yil 1279

Rishton tumanida huquq-tartibot organlari hodimlari ustoz va murabbiylarni tabrikladilar

Ustoz hamma zamonlarda ulugʻlangan. Shogirdlar uning oldida bosh egkanlar. Rishton tumanidagi 24-umumiy oʻrta ta’lim maktabida oʻtkazilgan bayram tadbiri ham shu yerda mehnat qilayotgan sharafli kasb egalarining koʻngliga koʻtarinkilik baxsh etdi.

Tadbirda tuman IIB, prokuratura hamda bir qator idora va tashkilotlar vakillari ishirok etdilar.

Bayramda soʻzga chiqqanlar barcha oʻqituvchi va murabbiylarni tabriklab, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etishdi.

Ustozlarga bayram tashkilotchilarining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Sahnada ustozlarni tarannum etuvchi kuy va qoʻshiqlar, yosh sportsilarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech