5 Yanvar 2023 yil 451

Rishton tumanida telefon ta’mirlash ustaxonasida pul va telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Rishton tumani. Fuqaro J.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 16-dekabr kunidan 17-dekabr kuniga oʻtar kechasi, noma’lum shaxs M.Topivoliyev koʻchasida joylashgan telefon ta’mirlash ustaxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, ustaxonasida boʻlgan umumiy narxi 1.000.000 soʻmlik 7 dona uyali telefon apparati ehtiyot qismlari solingan qutilarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.A va R.T.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech